Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar sabab Rossiya portlarini nazorat qilmoqchi
Foto: ria.ru
Amerika ma'muriyati Rossiyaning Vladivostok, Naxodka va Vaninodagi portlarini alohida nazoratiga olishi mumkin. Bunga KXDRga qarshi sanksiyalar ijrosini ta'minlash nuqtainazari bilan yondashilmoqda. AQSh Kongressi vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida shunday me'yor ko‘zda tutilgan, deb xabar qilgan RIA Novosti.
Hujjatga muvofiq, AQSh prezidenti qonun kuchga kirgach 180 kundan keyin besh yil mobaynida BMT XKning KXDRga nisbatan qabul qilgan rezolyutsiyalarini buzayotgan portlar va aeroportlar to‘g‘risida Kongressga yillik hisobot berib turishi shart.
"Har bir hisobotda quyidagi portlar: …Rossiya Federatsiyasining Naxodka, Vanino va Vladivostok portlari faoliyatiga doir to‘liq ma'lumot taqdim etilishi kerak", — deyiladi qonun loyihasi matnida.
Hujjatda, shuningdek, Xitoy, Eron, Suriyaning Tartus va Latakiya shaharlaridagi portlarning ham nomi bor.
Loyihani 419 nafar vakil ma'qullagan, bir kishi qarshi chiqqan. Hujjatni AQSh senati tasdiqlagach, imzolash uchun prezidentga kiritiladi.
Mavzuga oid
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
13:42 / 05.05.2026