Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod tomon tuxumlar uloqtirildi
Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Marin Le Penga Bretan viloyati bo‘ylab saylovoldi safari vaqtida tuxumlar uloqtirildi. Ushbu holat videosi BFMTV telekanali tomondan chop etildi.
Voqea Dol-de-Bretan shahrida siyosatchi mahalliy aholi bilan suhbatlashayotganda yuz bergan. Le Penga qarshi chiqayotganlar unga tuxum uloqtirib, uni "Sizning bu yerda qiladigan ishingiz yo‘q, madam" va "Yo‘qolsin fashistlar" degan hayqiriqlar bilan "qarshilashgan".
Le Pen xavfsizlik xizmati xodimlari uni o‘zlari bilan to‘sib, voqea joyidan olib ketishgan.
Marin Le Pen Fransiyada immigratsiyaning cheklanishini qo‘llab-quvvatlovchi siyosatchi hisoblanadi. Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqining Fransiyaga haddan ko‘p ta'sir ko‘rsatishiga ham qarshi chiqadi.
Mavzuga oid
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
20:57 / 09.04.2025
Qozog‘iston olti oyga tuxum importini chekladi
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
07:54 / 02.04.2025