Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mercedes-Benz "Yulduzlar janglari" filmining 40 yilligiga mashinalar seriyasini chiqardi
Mercedes-Benz kompaniyasi "Yulduzlar janglari" filmining 40 yilligi munosabati bilan CLA 180 modelidagi avtomobillardan 120 dona ishlab chiqardi. Bu modellar faqatgina Yaponiyada sotiladi.
Mashinalar ikki rangda: yaxshilikni tanlovchilar uchun oq rangda, yovuzlikni tanlovchilar uchun qora rangda bajarilgan. Avtomobil 1,6 litrli, 122 ot kuchiga erisha oladigan dvigatel bilan jihozlangan. Mashinalar narxi 45 ming dollarni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.
"Yulduzli" avtomobillar oddiylaridan filmda uchraydigan aksessuarlar, misol uchun, "Yulduzli janglar" ramzi tushirilgan gilamchalar, R2-D2 robotiga xos tovushlar chiqaradigan tovush kolonkasiga egaligi bilan ajralib turadi.
"Yulduzli janglar" filmining rejissyor Jorj Lukas tomondan suratga olingan, "Yulduzli janglar: Epizod IV: Yangi umid" deb nomlangan 1-qismi 1977 yilda ekranlarga chiqarilgan. Ayni vaqtgacha filmning 9 ta qismi ekran yuzini ko‘rgan. Filmning navbatdagi qismi namoyishi 2017 yil dekabriga belgilangan.
Mavzuga oid
09:16 / 31.10.2025
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
13:52 / 15.06.2024
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi
14:58 / 26.05.2024
Mitsubishi Fuso’dan BharatBenz’gacha – Mercedes-Benz yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi nechta kompaniyaga egalik qiladi?
18:27 / 10.02.2024