Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neyrobiologlar tadqiqoti: Ochlik e'lon qilishning qanday foydasi bor?
Keksayish muammolari milliy instituti Neyrobiologiya labaratoriyasi rahbari Mark Metsonning TEDx-ma'ruzasi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. U shuningdek Jon Xopkins universitetining neyrobilogiya bo‘limi professori hamdir. Bundan tashqari, Metson Parkinson va Altsgeymer kabi kasalliklarning neyrodegenerativ buzilishlari asosida yotuvchi hujayra va molekulyar mexanizmlar sohasidagi eng yetakchi tadqiqotchilardan biri hisoblanadi.
Mark va uning jamoasi haftada ikki marta ochlik e'lon qilish Parkinson va Altsgeymer kasalliklarining rivojlanish xavfini sezilarli pasaytirishi haqida bir necha maqola chop etishdi. MedNew shu haqida ma'lumot berdi.
"Ma'lumki, parhezdagi o‘zgarishlar muayyan ma'noda miya faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Epileptik xurujlardan aziyat chekuvchi bolalarda kaloriyalar cheklanganda yoki och qolgan holatlarda xurujlar sezilarli darajada kamaygan.
Ochlik epileptiklarda ko‘p uchrovchi qo‘zg‘atuvchi signallarga qarshilik qiluvchi himoya mexanizmlarining ishga tushishiga turtki beradi.
Sog‘lom miya, "me'yordan tashqari to‘yganda" qo‘zishning nazorat qilib bo‘lmaydigan, miya faoliyatini buzuvchi boshqa turini his qilishi mumkin, - deya ma'lum qiladi Metson va uning hamkasbi.
Iste'mol qilinuvchi kaloriyalarni cheklash bilan bog‘liq tadqiqotlarga qaraydigan bo‘lsak, umuman olganda, ularning aksariyati parhez umrni uzaytirishi va surunkali kasalliklar bilan kurashish xususiyatini oshirishini ko‘rsatadi.
"Tirik mavjudotlarning ko‘plab turlarida, shu jumladan kalamushlar, sichqonlar, baliqlar, pashshalar va chuvalchanglarda kaloriyalarni cheklash hayot davomiyligini uzaytiradi va yosh bilan bog‘liq surunkali kasalliklarni sekinlashtiradi. Buning qanday mexanizmlarga asoslanishi tushunarsiz".
Yuqorida keltirilgan so‘zlar - o‘n yil oldingi ilmiy izlanishlar natijasi. Biz so‘z ochgan ish esa, avval fanga tushunarsiz bo‘lgan ba'zi mexanizmlarga ta'rif beradi.
Ochlik miya uchun foydali va buni organizm och qolganda, miyada ro‘y beruvchi barcha foydali neyrokimyoviy o‘zgarishlardan ko‘rish mumkin.
Shuningdek, u miyaning aqliy salohiyatini ham yaxshilaydi, neyrotrofik omillarni ko‘paytiradi, stresslarga qarshi chidamlilikni oshiradi va shamollashni kamaytiradi.
Ochlik miyaga e'lon qilingan o‘ziga xos chaqiriq bo‘lib, miya unga moslashish bilan javob qaytaradi va bu miyaga stress hamda kasalliklar xavfini yengishga yordam beradi.
Ochlik paytida miyada sodir bo‘luvchi o‘zgarishlar muntazam jismoniy mashqlar natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlarga o‘xshaydi. Ikki o‘zgarish turi ham bosh miyada oqsil ishlab chiqarishni oshiradi. Bu esa, o‘z o‘rnida, neyronlar va ular o‘rtasidagi aloqalar hamda sinapslar mustahkamligi o‘sishiga olib keladi.
"Miyaga "yuk" tushishi, u xoh vaqti-vaqti bilan ochlik e'lon qilish bo‘lsin, xoh jismoniy mashqlar - "aqliy yuklar" hisoblanadi. Bunday paytlarda asab sxemalari faollashadi, neyrotrofik omillar darajasi oshadi".
Klinik tadqiqotlar kimyoviy muolajalarni o‘tayotgan bemorlar ishtirokida o‘tkazilgan. Bemorlar uzoq vaqt davomida ovqatlanishmagan, bu ularning qonidagi oq hujayralar darajasini sezilarli ravishda pasaytirgan.
Ma'lum bo‘lishicha, ochlik immun tizimining eski va ziyon yetgan hujayralarini o‘ldirar ekan. Shundan so‘ng tana ulardan xalos bo‘lib, ildiz hujayralar yordamida yangi, butkul sog‘lom hujayralarni ishlab chiqaradi.
Ochlikka o‘tishdan avval bunga tayyor ekaningizga ishonch hosil qilishingiz va bu haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo‘lishingiz kerak".
Mavzuga oid
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026
Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tdi: unga ozish tavsiya qilindi
21:07 / 11.05.2026