Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia 3310'ning originali qolib, kloni sotilmoqda
Sir emaski, Xitoyda dunyodagi hamma narsaning nusxasini sotib olish mumkin. Nokia 3310 (2017) qurilmasi sotuvga tayyorlanayotgan bir vaqtda malayziyalik ustalar telefonni klonlashga kirishgan. PhoneArena shu haqida xabar berdi.
Tarmoqda paydo bo‘lgan suratlarga qaraganda, Malayziyada bir necha chakana savdo qiluvchilar soxta Nokia 3310 telefonini sotishmoqda.
Manbalarga ko‘ra, bu qurilmalarning birinchi seriyasi Nokia logosiga ega bo‘lmagan, shunchaki original Nokia 3310'ga juda o‘xshash bo‘lgan. Nokia'ning mamlakatdagi rasmiy distrbyutori Avaxx sotuvchilarga qarshi ish ochishni aytib tahdid qilishiga qaramay, vaziyat yanada yomonlashdi.
Endi esa hammasi bundan-da "rasmiylashdi". Nokia 3310 klonlarining ikkinchi to‘lqini yanada takomillashtirildi va hatto ekran ustida fin kompaniyasining logosi ham paydo bo‘ldi. Telefonlarning ekrani originaldan ancha kichik bo‘lib, ular Nokia Series 30 UI boshqaruvida ishlamasa-da, Nokia 3310'ga juda o‘xshab ketadi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026