Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yirik o‘g‘irlik fosh etildi
Bag‘dod tumanida yashovchi fuqaro Soliyev 2017 yil 24 aprel kuni Bag‘dod tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.
U o‘z murojaatida o‘sha kuni soat taxminan 11-30da noma'lum shaxslar xonadonidan unga tegishli bo‘lgan jami 11 mln 600 ming so‘mlik tilla buyumlarini, 303 AQSh dollari, 80 Rossiya rubli xamda 425 ming so‘m pullarini o‘g‘rilab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Sheraliyev sodir etganligi aniqlandi.
Surishtiruv harakatlari davomida jabrlanuvchi Soliyevga tegishli jami 11 mln 600 ming so‘mlik tilla buyumlari, 303 AQSh dollari va 80 Rossiya rubli qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Bog‘dod tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026