Jahon | 21:47 / 06.05.2017
8736
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda harbiy xizmatchilar maoshlari oshiriladi

FOTO AKORDA.KZ

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Milliy gvardiya va davlat qo‘riqlash xizmati harbiy xizmatchilarining maoshlari 1 iyuldan boshlab 25 foizga oshirilishini ma'lum qildi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan nashri xabar bermoqda. 

Nazarboyevning ta'kidlashicha, davlat qiyinchiliklarga qaramasdan, "harbiy xizmatchilarning moddiy-texnik bazasi va ta'minotini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda".

"Biz oson bo‘lmagan xizmat, xalq farovonligi uchun jangovar mehnatni yuqori baholaymiz. Shuning uchun mustaqillik, qurolli kuchlarning 25 yilligi munosabati bilan men harbiy xizmatchilarning maoshini 1 iyuldan 25 foizga oshirishga qaror qildim", deb aytdi Nazarboyev Vatan himoyachisi kuni va G‘alaba kuni arafasida mukofotlarni topshirish marosimi oldidan.    

FOTO AKORDA.KZ

Nazarboyev o‘z nutqida Qozog‘iston armiyasining mustaqillik yillarida professionallik jihatdan  sezilarli o‘sganini va oliy mukofotlarga eng loyiq ishchilar taqdirlanishini ta'kidlab o‘tdi.

Qozog‘iston prezidenti yangi global xavflar mavjudligi vaqtida mamlakatning xavfsizlik va mudofaasi sohasida barcha tuzilmalarning professionalligi va jangovar tayyorligi borligiga e'tibor qaratdi.  

"Siz ajdodlarning harbiy o‘gitlari va an'analari davomchisiz, butun shaxsiy tarkib uchun bekamu-ko‘st xizmat namunasisizdir. Sizning dono rahbarligingizga jangovar malaka sifati hamda qo‘shinlar va huquq-tartibot idoralaridagi ishlar ahvoli bog‘liq bo‘ladi. Sizning kuchingiz, bilimingiz va tajribangiz xavfsizlikni ta'minlash, tartib va mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi himoyasiga yo‘naltirilishi kerak. Siz jamiyatda eng javobgar missiyani bajarasiz – qozog‘istonliklarning osoyishta hayoti va mustaqilligimizning qadriyatlarini muhofaza qilasiz", deb aytgan Nazarboyev.  

Qozog‘iston prezidenti o‘z nutqi yakunida barchaga sog‘liq, baxt va yanada ko‘proq muvaffaqiyatlar tilab qoldi, 

FOTO AKORDA.KZ

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid