Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama ishtirokidagi Milandagi tadbirga chiptalar narxi 850 yevroni tashkil qilmoqda
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ishtirokidagi Milandagi tadbirga chiptalar narxi 850 yevroni tashkil qilmoqda. Ushbu tadbir Milan oziq-ovqat haftaligida Global Food Innovation Summit nomli maydoncha tashabbusi bilan 9 mayda bo‘lib o‘tadi.
Bu narxdagi chipta Vip Platinum kategoriyasiga tegishli bo‘lib, u nafaqat Obamaning ma'ruzalarini tinglash, balki 8-11 may kunlari o‘tadigan yarmarka doirasida belgilangan barcha tadbirlarga tashrif buyurish hamda muhim mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonalarga kira olish imkoniyatini beradi. Tadbirga bir kunlik kunduzgi chiptaning minimal narxi 50 yevroni tashkil qiladi. Biroq bunday chipta Obamani bevosita ko‘rish imkoniyatini bermaydi.
Italiyaning Il Corriere della Sera gazetasining ma'lum qilishicha, Obamaning Milandagi ma'ruzasi uning prezidentlik lavozimidan ketgandan keyingi xorijdagi birinchi ommaviy chiqishi bo‘ladi. Obama chiptalar sotilishidan tushgan pullarni o‘zi tomondan tashkil etilgan fuqarolik jamg‘armasining moliyalashtirilishiga yo‘naltirmoqchi. Ma'ruza o‘tadigan joy 3,5 ming o‘ringa mo‘ljallangan. Nashrning ta'kidlashicha, Obama ma'ruzasiga barcha chiptalar deyarli sotib bo‘lingan.
Milandan keyin Obama bir necha kun Toskanada rafiqasi bilan hordiq chiqaradi.
Avvalroq Milan meri Juzeppe Sala Italiyaning "shimoliy poytaxti"da Obamaga shaharning ramziy kalitlari topshirilishini aytgandi.
Mavzuga oid
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
08:53 / 05.01.2026