Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik yanada rivojlanadi
Joriy yilning 28-29 aprel kunlari Pokistonning Panjob viloyati Qishloq xo‘jaligi vaziri Muxammad Naim Axtar boshchiligidagi delegatsiya vakillari O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston vakili sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori Sh.Teshayev mehmonlarni kutib oldi.
Panjob viloyati Qishloq xo‘jaligi vaziri Muxammad Naim Axtar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrif buyurishdan maqsadi - qishloq xo‘jaligi sohasida ikki mamlakat ilmiy muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za navlarini yetishtirish va uning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish, hamda paxta ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Sh.Teshayev o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida Pokiston vakillarini tanishtirdi. Xususan, qishloq xo‘jaligida fermerlikni, paxtachilikni, baliqchilikni, meva-sabzavotchilik va sholichilikni rivojlantirish islohotlari keng amalga oshirilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Vazir Muxammad Naim Axtar O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlardan va amalga oshirilayotgan islohotlardan ta'sirlanganligini aytib o‘tdi.

Tashrif natijasida tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va uni kengaytirish maqsadida o‘zaro kelishuv Memorandumi imzolashdi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026