Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada saylov boshlandi
Fransiyada mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toshkent vaqti bilan soat 11:00) mamlakat prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turi boshlandi.
Davlat rahbari lavozimi uchun «Marshga!» harakati yetakchisi Emmanuel Makron va Milliy front partiyasi rahbari Marin Le Pen kurash olib boradi.
Birinchi turda Makron 24 foiz bilan ustunlik qilgan, ikkinchi yaxshi natijani Le Pen 21 foiz olgan holda ko‘rsatgan edi.
Bundan avvalroq Fransiyaning dengizorti hududlarida ovoz berish jarayoni boshlangandi. Fransiyaning asosiy shaharlarida saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00da yopiladi (Toshkent vaqti bilan soat 23:00).
Saylov natijalari haqidagi ma'lumotlar mamlakatdagi oxirgi saylov uchastkasi yopilganidan so‘ng e'lon qilinishi boshlanadi. Bu qoida buzilishiga nisbatan 75 ming yevro miqdorida jarima tayinlanadi.
Fransiya prezidenti 5 yil muddatga saylanadi va u faqat bir marta qayta saylanishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026