Jahon | 22:36 / 07.05.2017
6423
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyada 20 ta davlat ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Foto: Flickr / jimgreenhill

Iordaniyada 7 may kuni AQSh armiyasi ko‘magida 20 ta davlatdan 7,5 ming harbiy ishtirok etadigan har yillik mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda Iordaniya davlat televideniyesi ma'lum qildi.

Mashg‘ulotlarga qo‘mondonlik qiluvchi, Iordaniya qurolli kuchlari brigada generali Xalid ash-Shar'aning aytishicha, "mintaqa terrorchilik xavfiga duch kelayotgan bir vaqtda birgalikdagi sa'y-harakatlar, muvofiqlik va tajriba almashish juda zarurdir". 

Generalning aytishicha, Iordaniyada 7 marotaba o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda Yevropa Ittifoqi, Osiyo, Afrika va Fors ko‘rfazi davlatlari, shu jumladan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Keniya va Saudiya Arabistoni armiyalari bo‘linmalari ishtirok etmoqda.

18 maygacha davom etadigan mashg‘ulotlar vaqtida amerikalik harbiylar boshchiligidagi bo‘linmalar chegaralarni himoyalash, kiberxavfsizlikni ta'minlash, jangovar harakatlar vaqtida turli qo‘shin turlarining o‘zaro harakatlanishi bo‘yicha choralar mashq qilinadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid