Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Fransiyadagi saylovlarda yetakchilik qilmoqda
Fransiyada mamlakat prezidenti saylovlari 2-bosqichida "Olg‘a" harakati asoschisi Emmanuel Makron "Milliy front" partiyasi yetakchisi Marin Le Penni ortda qoldirmoqda. Bundan ovoz berishni tashkillashtirish va unga yakun yasashga javobgar bo‘lgan mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lumotlari darak bermoqda.
4,12 mln byulleten hisob-kitob qilingandan keyin Makron 60,19 foiz ovoz, Le Pen 39,81 foiz ovoz to‘plamoqda. Shuningdek, ushbu ko‘rib chiqilgan byulletenlar ichida 359 mingta byulleten bo‘sh va 160 mingtasi buzilgan bo‘lgan.
Fransiyada 7 may kuni o‘tgan saylovlarda saylov uchastkalarining aksariyati soat 20.00da yopilgan. Katta shaharlarda ovoz berish soat 21.00gacha davom etgan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026