Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston chegarasidagi otishmada 50 afg‘on harbiysi halok bo‘ldi
Pokistonning Balujiston viloyati chegara korpusi boshlig‘i general-leytenant Nozim Ahmad Afg‘oniston bilan chegarada 5 may kuni yuz bergan otishmada 50 nafar afg‘on harbiysi halok bo‘lgani, 100 nafari yaralanganini ma'lum qildi.
Pokiston armiyasi 5 may kuni afg‘on chegarachilarini Pokiston hududini o‘qqa tutishda ayblagandi hamda bir nafar fuqaro halok bo‘lgani va 18 nafar kishi jarohat olganini ma'lum qilgan. Hozirgi kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Pokistondan 12 kishi, shu jumladan chegara korpusi xizmatchisi halok bo‘lgan, 40 kishi yaralangan. Armiyada aytilishicha, afg‘on chegarachilari Chaman chegara punkti yaqinidagi aholi punktlarida aholini ro‘yxatga olish ishtirokchilarini qo‘riqlab borgan chegarachilarga o‘t ochganlar.
Chamanda 7 mayda o‘tgan brifingda general-leytenant Ahmad afg‘on harbiylari o‘sha kuni go‘yoki "Pokiston hududiga o‘tib, yaxshi pozitsiyani egallab, hujumni boshlash uchun uylarni egallab olganini" aytgan. "O‘z navbatida Pokiston kuchlari Afg‘onistondagi nazorat punktlariga hujum qilgan hamda 50 kishini o‘ldirgan va 100 kishini yaralagan", deb aytdi Ahmad.
Uning qo‘shimcha qilishicha, pokistonlik harbiylar Afg‘oniston tomondan talofat ko‘rilganini "olqishlashmayapti", chunki "afg‘onlar pokistonliklarga og‘a-inidir". Shunga qaramay, Ahmad bo‘lib o‘tgan voqea uchun javobgarlikni afg‘on harbiylari zimmasiga yuklagan va Afg‘oniston Dyurand chizig‘i bilan bo‘laklangan aholi punktlarida ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lishi haqida ogohlantirilgan.
Chamanda otishma bo‘lgani haqida 5 may ertalab ma'lum bo‘lgan, chegaradan o‘tish vaqtinchalik yopib qo‘yilgan. Pokiston otishning to‘xtatilgani haqida soat 17:00larda ma'lum qilgan. Ahmadning aytishicha, otishma to‘xtatilishini Afg‘oniston so‘ragan. "Biz aniq-ravshan aytishimiz kerak, Pokistonning xalqaro chegarasi muhokama qilinmaydi va u bo‘yicha murosaga borilmaydi", deb qo‘shimcha qildi general.
Chegara masalasi tartibga solinmagani sabab Pokiston va Afg‘oniston chegarachilari o‘rtasida muntazam ravishda otishmalar bo‘lib turadi. O‘tgan yili pokistonlik chegarachilar nazorat-o‘tkazish punktida darvozalarni qurish ishlarini boshlagani sabab ikki davlat chegarachilari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv bir necha kun davom etgan. Mart oyi oxirida Pokiston Afg‘oniston bilan chegarasining ba'zi hududlarida to‘siqlar qurishni boshlagani ma'lum qilingan. Bu to‘siqlar Afg‘onistondan terrorchilarning kirishiga qarshi kurash uchun quriladi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026