Jahon | 12:00 / 07.05.2017
4423
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Peru prezidenti Venesueladagi inqirozni muhokama qilishdi 

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp va Peru prezidenti Pedro Kuchinski telefon muloqoti o‘tkazdilar. Ular muloqot chog‘ida Venesuelani muhokama qildilar. Bu haqda oq matbuot xizmatida ma'lum qilindi,   

Gap Venesueladagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz haqida bordi.

"Prezident Tramp AQSh Peru bilan Venesuela xalqiga yordam ko‘rsatish va demokratik institutlarni mustahkamlash ishida hamkorlik qilishini ta'kidlab o‘tdi", deb aytildi Oq uy bayonotida.  

Kuchinski suhbat davomida AQShga Peruga toshqindan keyin ko‘rsatgan gumanitar yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Venesuelada bir oydan beri hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlarni parlamentni nazorat qiluvchi muxolifat tashkillashtirmoqda. Ko‘cha namoyishlarida yuz bergan zo‘ravonliklarda shu kungacha 37 kishi halok bo‘ldi, 700 dan ko‘proq odam jarohat oldi.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid