Jahon | 13:58 / 08.05.2017
5007
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil-Livan chegarasida devor quriladigan bo‘ldi

Foto: Anadolu

Isroil "Hizbulloh" harakati xavfidan himoyalanish maqsadida Livan bilan chegarasida yangi devor quradi. Bu haqida Isroilning Haaretz gazetasi xabar berdi. 

Balandligi 6 metr bo‘lgan to‘siq 2010 yilda Misr va Isroil chegarasida barpo etilgan texnologiya bo‘yicha quriladi. 

Tikonli sim va kuzatuv tizimi bo‘lgan devor Isroil shimolidagi Roshxa-Nikra hududida qurilishi rejalashtirildi. 

Qurilishning umumiy qiymati 100 million shekel (28 million dollar)ga baholanmoqda.

Ikki hafta avval Isroil xavfsizlik kuchlari mamlakat hududiga o‘tgan livanlikni qo‘lga olib, uni vataniga ekstraditsiya qilishgan edi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid