Sport | 16:56 / 08.05.2017
10714
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino asosiy raqibning asosiy hujumchisini qo‘lga kiritmoqchi

Foto: Reuters

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Agueroni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda The Times xabar yozdi.

«Qizil iblislar» jamoasi ustozi 28 yoshli argentinalikni tizzasidagi jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan Zlatan Ibrahimovichga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

«Man Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Agueroni olib qolish haqida o‘ylamayapti, u jamoada asosiy hujumchi Gabriel Jyezus bo‘lishini rejalashtirgan. Ammo «shaharliklar» rahbariyati Serxioning asosiy raqib safiga o‘tishiga ham yo‘l qo‘ymasligi mumkin.

Qayd etilishicha, Mourino «Atletiko»dan Antuan Grizmannni ham Manchesterga olib kelib u va Aguero tandemini o‘ynatmoqchi.

Joriy mavsumda Aguero APLda 28 uchrashuvda maydonga tushgan, 18 gol urgan va 1 golga uzatma bergan.

Mavzuga oid