O‘zbekiston | 15:20 / 08.05.2017
7476
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning yangi prezidentini tabrikladi

Foto: AFP

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishonchli g‘alabasi va Fransiya Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati tomonidan keltirilishicha, davlat rahbari Makronga yo‘llagan maktubida "ushbu yuqori va mas'uliyatli lavozimidagi faoliyati o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillariga asoslangan an'anaviy va sermahsul O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi", deya ishonch bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan prezidentga mustahkam sog‘liq va ulkan zafarlar, do‘st Fransiya xalqiga esa xotirjamlik hamda farovonlik tilagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid