Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada dunyoga kelgan bolakayga Vladimir Putin deb ism berildi
Suriyaning Tartus shahrida dunyoga kelgan chaqaloqqa Vladimir Putin ismi berildi. Bu haqda 8 may kuni "Al-Jadid" telekanali ma'lum qildi. Bola otasi, Suriya armiyasi harbiysining aytishicha, u Rossiya prezidentiga Suriyaga terrorchilik bilan kurashishda ko‘rsatayotgan yordami uchun shu tariqa minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, bolakay o‘zini yaxshi his qilmoqda. Uning ota-onasi bolakay ustiga Rossiya bayrog‘ini yopib, uni shu ko‘rinishda suratga olishgan. Bu surat Rossiyaning Hmaymimdagi aviabazasining Facebook’dagi sahifasida joylashtirildi.
2016 yil avgustda Vladimir viloyatida yashovchi oila o‘z o‘g‘li ismini Putin deb o‘zgartirishga qaror qilgan. Oilaning tushuntirishicha, ular avvalroq o‘zining dunyoga kelgan o‘g‘liga Rossiya prezidenti ismini bergan misrlik jurnalist va tarjimonning misolidan ilhomlanib shunday qarorga kelishgan.
Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi 2015 yil sentabrda boshlangan. Damashq iltimosiga ko‘ra Rossiya terrorchilik guruhlariga qarshi kurashga qo‘shilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026