Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya prezidenti Yanosh Ader ikkinchi prezidentlik muddatini bajarishga kirishdi
Vengriya prezidenti Yanosh Ader qasamyod keltirib, ikkinchi prezidentlik muddatidagi majburiyatlarini bajarishga kirishdi. Bu haqda Vengriyaning MTI axborot agentligi xabar berdi.
Aderning inauguratsiyasi marosimi Vengriya davlat yig‘ilishida (parlament) bo‘lib o‘tdi. 13 mart kuni Vengriya parlamenti Aderni ikkinchi prezidentlik muddatiga qayta saylagandi. Prezident lavozimi uchun saylovlarda Ader va muxolifatdan Laslo Mayteni qatnashgandi.
Aderning birinchi prezidentlik muddati 2012 yil may oyida boshlangandi.
Vengriya parlament respublikasi hisoblanadi va davlat rahbari keng vakolatlarga ega emas. Prezident parlament tomondan yashirin ovoz berish yo‘li bilan har 5 yilga saylanadi. Prezident mamlakatni xalqaro maydonda bildiradi, qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni hisoblanadi, parlament ma'qullovidan keyin boshqa davlatlar bilan bitimlar tuza oladi, elchilar va yuqori mansabdor shaxslarni tayinlaydi. Prezident shuningdek parlamentga, mahalliy o‘zini idora etish organlari va Yevropa parlamentiga saylovlarni belgilash huquqiga ega.
Ader Vengriya prezidenti lavozimi 1990 yil tiklangandan keyin mamlakatning 5-prezidenti hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026