AQSh kreyseri Janubiy Koreya baliq tutuvchi kemasi bilan to‘qnashib ketdi
AQShning harbiy kemasi Lake Champlain Yapon dengizidagi mashg‘ulotlar vaqtida Janubiy Koreyaning baliq tutuvchi kemasiga urilib ketdi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
"AQSh kreyseri Lake Champlain va Janubiy Koreyaning "Nam'yan-502" baliq tutuvchi kemasi to‘qnashuvi Ullindo orolidan janubga tomon 56 mil uzoqlikda yuz berdi", deb ma'lum qildi axborot agentligi manbasi.
Ta'kidlanishicha, to‘qnashuv kemalardan birortasiga jiddiy shikast yetkazmagan va ular harakatni davom ettirishgan. Shu bilan birga AQSh harbiy-dengiz kuchlari va Janubiy Koreya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati favqulodda vaziyat sababini aniqlashtirishlari va yetkazilgan ziyonni baholashlari kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:45
Prokurorlikdan vitse-prezidentlikka qadar. Kamala Harris kim?
15:30
AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi
10:48
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?
10:30