Iqtisodiyot | 08:43 / 09.05.2017
7259
1 daqiqa o‘qiladi

Apple’ning bozor narxi 800 mlrd dollardan oshib ketdi

Foto: Kremlin Press

8 may kuni Apple kompaniyasining bozor narxi ilk bor 800 mlrd dollardan oshib ketdi.   

MSNBC telekompaniyasining ma'lum qilishicha, kompaniya aksiyalari narxi 153,44 dollardan oshgan. "Dreksel Gamilton" kompaniyasi tahlilchisi Brayan Uaytning fikricha, kompaniyaning bozor narxi 2017 yildayoq trillion dollardan oshishi mumkin.  

Oxirgi chorakda kompaniya smartfonlari va boshqa gadjyetlari savdosi pasayganiga qaramasdan, Apple yangi moliyaviy cho‘qqilarni zabt etishga muvaffaq bo‘lmoqda. 

"Kompaniya rahbari Tim Kuk pasayishni iste'molchilar sentabrda yangi qurilmaning namoyishini kutayotganlari bilan tushuntirmoqda. Ko‘rinishicha, Uoll-strit ham bunga rozi bo‘lmoqda", deb aytildi telekanal xabarida.

Mavzuga oid