Jahon | 08:48 / 09.05.2017
6830
2 daqiqa o‘qiladi

Falastin rahbari Tramp bilan uchrashuvi yakunlari haqida gapirdi

Foto: ABC News

Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbosning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Baytlahmga 23 may kuni tashrif buyuradi. Bu haqda RT Arabic telekanali ma'lum qilgan.

Avvalroq, Tramp Falastin rahbari Mahmud Abbosning bir oy ichidagi ikkinchi uchrashuv haqida taklifini qabul qilgani xabar qilingandi. Birinchisi – o‘tgan hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tdi.

"Uchrashuvimizdan so‘ng u Baytlahmga 23 may kuni tashrif buyurishga qaror qildi. Bizning tashrif va uning tashrifi o‘rtasida ekspertlar yoki komissiyalar darajasida ko‘plab uchrashuvlar tashkillashtiriladi. Bunda hal qilinmagan masalalarning yechimini topish uchun hammasini o‘rganish lozim. Biz bilan ham, Isroil bilan ham", - deya ma'lum qildi Abbos telekanalga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, Abbosning qo‘shimcha qilishicha, Tramp bilan uchrashuvi natijalari ijobiy bo‘lgan. "Uchrashuv foydali bo‘ldi, sababi biz unga o‘zimizning talablar va Falastindagi vaziyat haqida atroflicha ma'lumot yetkazdik", - dedi Falastin milliy ma'muriyati rahbari.

Mavzuga oid