Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda maktabda bomba saqlagan o‘smir hibsga olindi
Foto: RIA "Novosti"
Amerika politsiyasi maktab shkafchasida portlovchi qurilmani saqlab kelgan 13 yoshli o‘smirni hibsga oldi. Bu haqda Virginian Pilot nashri yong‘in xizmati matbuot-reliziga asosan xabar bergan.
O‘quvchi Virjiniya-Bich shahrida juma kuni qo‘lga olindi, unga portlovchi moddalarni ishlab chiqarish va saqlash bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Dushanba kuni sud uni qamoqda saqlash muddatini uzaytirdi.
“Tergovchilar voyaga yetmagan shaxs portlovchi moddani jinoyatni amalga oshirish uchun qo‘llamoqchi bo‘lgani, kimgadir zarar yetkazishni istagani yoki portlovchi qurilmani maktabda ishlatmoqchi bo‘lgani yuzasidan aniq dalillarga ega emas”, - deyiladi xabarda.
Maktab ma'muriyati uni o‘quv muassasasidan chetlatish huquqiga ega. Qo‘lga olingan shaxs bu ishni nega qilgani va tergov tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
15:21 / 12.01.2026
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
13:30 / 12.01.2026
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
09:18 / 12.01.2026