Jahon | 00:06 / 10.05.2017
7431
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi radioaktiv materiallar saqlanuvchi yirik omborda trevoga e'lon qilindi

AQShning Vashington shtatidagi Henford kompleksi — mamlakatdagi eng yirik radioaktiv materiallar omborida tunnelning o‘pirilishi natijasida favqulodda holat e'lon qilindi, deb xabar beradi Assoshieyted Press agentligi.

Trevoga plutoniy ishlab chiqarishda ifloslangan chiqitlar yuklangan vagonlar kiritib qo‘yilgan tunnel ustidagi tuproqning cho‘kishi natijasida e'lon qilingan.

Kompleks xodimlari qisman evakuatsiya qilingan. Ishchilardan pana joylarda bo‘lish, ishonchli shamollatish usullaridan foydalanish hamda suv va taomlarni iste'mol qilishdan tiyilib turishni so‘rashgan.

Shtatning tabiatni muhofaza qilish idorasi vakili hodisa natijasida radiatsiya sizib chiqish holati qayd etilmaganini ta'kidlagan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid