Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq harbiy aviatsiyasi kamida 100 ga yaqin jangarini yo‘q qildi
Foto: AP Photo / U.S. Air Force, Staff Sgt. Shawn Nickel
Iroq qiruvchi samolyotlarining Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatiga zarbalar berishi davomida kamida 100 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Iroq qurolli kuchlariga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, hammasi bo‘lib 15 ta aviazarba amalga oshirilgan. Iroq qurolli kuchlari qo‘shma operatsiyalari qo‘mondonligining ma'lum qilishicha, samolyotlar Bag‘doddan shimolga tomon 180 km uzoqlikda joylashgan Ana shahridagi jangarilar panagohlariga 11 ta aviazarba bergan. Bu zarbalar oqibatida 47 jangari yo‘q qilingan. Yana 4 ta zarba Bag‘doddan 330 km uzoqda joylashgan Al-Qaym shahriga berilgan. Bu zarbalar oqibatida 53 jangari yo‘q qilingan.
Bundan tashqari, hujum oqibatida terrorchi-xudkushlarning uylari va bombalar ishlab chiqariladigan obektlar vayron qilingan.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026