Jahon | 19:15 / 10.05.2017
6066
2 daqiqa o‘qiladi

Kambojada pullik VIP-qamoqxonalar quriladi

Foto:«Mir24»

Kamboja hukumati saqlash sharoitlari yaxshilangan qamoqxonalar qurmoqchi. Bunday qamoqxonalar pullik bo‘ladi va mahbuslar ularda o‘tirish uchun pul to‘lashlari kerak bo‘ladi, deb xabar bermoqda Phnom Penh Post nashri.

"Kim pul to‘lay olsa, joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Birinchi bosqichda u yerda 400 kishi bo‘ladi. Narxni qurilish kompaniyasi belgilaydi", deb aytgan qamoqxonalarni boshqarish mahalliy departamenti vakili. Uning aytishicha, yangi turmalar kengroq kameralar hamda jismoniy mashqlar bajarish va ibodat qilish uchun joyga ega bo‘ladi. 

Ma'lum qilinishicha, 4 mln dollarlik bu loyiha bilan Xitoyning Kunn Rekon Holdings  kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Kompaniya boshqaruvchisi o‘rinbosarining aytishicha, yangi qamoqxonalarni qurishdan maqsad mavjud qamomxonalarga tushuvchi yuklamani kamaytirishdan iborat. "VIP-turma" qurilishi yakunlangandan keyin u 1,2 ming mahbusni, jumladan, giyohvandlikdan davolanayotgan 180 kishini qabul qila oladi. 

Qamoqxonaning birinchi bloki 2018 yil o‘rtalarida topshiriladi. Kelishuvga ko‘ra, pullik qamoqxonadan olinadigan daromad 45 yil davomida mahalliy hukumat va turmani qurgan kompaniya o‘rtasida taqsimlanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid