Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB sobiq direktori ishdan bo‘shatilganini teleyangiliklardan bildi
AQSh Federal qidiruvlar byurosi sobiq direktori Jyeyms Komi ishdan bo‘shatilganini teleyangiliklardan xabar topgan va buni hazil, deb qabul qilgan. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Komi Los-Anjyelesda bo‘lgan hamda FQBning mahalliy bo‘limi xodimlari oldida chiqish qilayotgan bo‘lgan. O‘sha payt yangiliklarda u ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar chiqqan.
Nashrning yozishicha, Komi bunday syujyetni ko‘rib kulgan hamda buni jiddiy qabul qilmagan.
Keyinchalik uning ishdan bo‘shatilgani haqidagi bildirishnoma FQBning Vashingtondagi qarorgohiga taqdim etilgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosi direktori Jyeyms Komini o‘z lavozimidan chetlatgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
13:50
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026