AQŞ prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosi direktori Jyeyms Komini öz lavozimidan çetlatdi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma'lum qilindi.
"Bugun prezident Donald Tramp FQB direktori Jyeyms Komini uning vakolatlari tugatilgani va u öz lavozimidan çetlatilganidan xabardor qildi", deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Şon Spayser.
"FQB – eng sevimli va hurmatga sazovor institutlardan biri va bugungi kun bizning huquq-tartibot hamjamiyatimiz durdonasi uçun yangi davr böladi", deb aytgan Tramp.
Komi bu lavozimga avvalgi prezident Barak Obama tomondan 2013 yilda 10 yillik muddatga tayinlangandi. Komi bu muddatni töliq işlaşni rejalaştirgandi.
Komi Trampga qarşi uning "Rossiya bilan aloqasi borligini" tekşiriş maqsadida tergov olib borgan. Oq uyda ham, Kremlda ham Trampga qöyilayotgan bu ayblovlar rad etilmoqda. Şu bilan birga Trampga saylovlarda yutqazgan Xillari Klinton ham Komini özining mağlubiyatida ayblagandi.












