Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya janubidagi portlash oqibatida 3 harbiy yarador bo‘ldi
9 may kuni, Turkiya janubi-sharqida yuz bergan portlash oqibatida kamida 3 harbiy jarohat oldi. Ular turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan gospitalga yetkazilganlar.
Sabah nashri ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Eron bilan chegaradosh bo‘lgan Xakkari viloyatida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlagan minani Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari qo‘yib ketishgan. Ta'kidlanishicha, KIP bu viloyatdagi ko‘p tumanlarni nazorat qiladi. Ayni vaqtgacha birorta guruh ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026