Jamiyat | 18:23 / 10.05.2017
40642
5 daqiqa o‘qiladi

O‘quvchilarni imtihonlardan ozod etishga asos bo‘ladigan xastaliklar ro‘yxati tuzildi

Foto: OnHealth

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi hamkorlikda o‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatini tasdiqladi. Ro‘yxat Lex.uz portalida keltirilgan.

Vazirlar imzolagan ro‘yxatda 55 kasallik nomi keltirilgan bo‘lib, ular qatorida sil kasalliklari, o‘tkir gepatit, kamqonlik, qandli va qandsiz diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, ko‘richak hamda bolalarning yuqumli kasalliklari joy olgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda kam sonli o‘quvchili boshlang‘ich sinflar birlashtiriladi. Xalq ta'limi vazirligi vakilining izohiga ko‘ra, bu chora maktablardagi sinfxonalardan unumli foydalanish imkonini beradi.

T/r

Kasallikning nomi

1.

Tif (terlama) va paratif

2.

Botulizm

3.

Sil kasalligi (o‘pkada va boshqa a'zolarda tez rivojlanib boruvchi)

4.

Brutsellyoz

5.

Meningokokli infeksiya

6.

Poliomelit (jiddiy asoratlari qolgan taqdirda)

7.

Markaziy nerv sistemasining yallig‘lanish kasalliklari (virusli meningit)

8.

O‘tkir gepatit A, Ye

9.

O‘tkir gepatit V, S, D

10.

Surunkali virusli gepatitlar (og‘ir turlari)

11.

Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasalliklar (3-4-klinik bosqichi)

12.

Xavfli o‘smalar

13.

Kamqonlik

Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari:

gemofiliya (o‘rtacha va og‘ir shakli);

turlicha bo‘lgan anemiyalarning og‘ir shakli;

orttirilgan kamqonliklar;

kapillyarotoksikoz;

idiopatik trombotsitopenik purpura;

trombotsitopatiya (og‘ir turlari);

Villibrand kasalligi va boshqa gemostaz buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar;

o‘tkir va surunkali leykozlarning hamma turlari;

nasliy gemolitik kamqonliklarning hamma turlari

14.

Qandli diabet

15.

Qandsiz diabet

16.

Tireotoksikoz (o‘rtacha va og‘ir darajasi)

17.

Qalqonsimon bez kasalliklari, gipotireoz (og‘ir darajasi)

18.

Giperparatireoz va qalqonsimon oldi bezning boshqa buzilishlari (og‘ir darajasi)

19.

Organik, simptomatik buzilishlarni qamrab olgan ruhiy kasalliklar

20.

Shizofreniya va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir ruhiy kasalliklar

21.

Stress asoratlari va nevrologik buzilishlar: nevrozlar, nevrozsifat holatlar, reaktiv holatlarning o‘tkir va ruhiy muvozanati buzilgan davri, qattiq duduqlanish

22.

Bosh miyaning shikastlanishlari

23.

Epilepsiya. Epileptik status

24.

Vegetativ nerv sistemasi buzilishlari: angiospazm, qon tomirlar faoliyati tangligi, hushdan ketish va boshqa og‘ir ko‘rinishlari bilan kechadigan yaqqol vegetativ buzilishlarning shakllari

25.

Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari. Ko‘z tubida distrofik o‘zgarishlar yuz berishi bilan tez rivojlanib boruvchi ko‘rish ojizligi

26.

To‘r (tomirli) parda kasalliklari

27.

Ko‘rish nervi va ko‘rish yo‘llari kasalliklari

28.

Glaukoma

29.

O‘tkir revmatoid isitma

30.

Qon bosimi oshishi bilan xarakterlanuvchi kasalliklar

31.

Yurak surunkali revmatik kasalliklari

32.

Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

33.

Boshqa surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari

34.

Astma

35.

Bronxoektatik kasallik

36.

Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi

37.

Ko‘richak (operatsiyadan so‘ng)

38.

Churra (operatsiyadan so‘ng)

39.

Paralitik ileus va churrasiz ichak tutilishi

40.

Kron kasalligi

41.

O‘tkir diffuzli glomerulonefrit

42.

Surunkali nefritlar

43.

Siydikda jiddiy o‘zgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar faoliyatining saqlanishi)

44.

Siydikda jiddiy o‘zgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar funksiyasining buzilishi)

45.

Ekzema (yoyilib ketganda) va neyrodermatit (yaqqol ko‘rinib turganda)

46.

Tug‘ma ixtioz

47.

Boshqa eritematoz holatlar

48.

Biriktiruvchi to‘qima sistema shikastlanishlari

49.

Yallig‘lanish poliartropatiyalari

50.

Tirsak va bilak-kaft usti jarohatlari

51.

Bilak-kaft usti va qo‘l panjasi jarohatlari

52.

Tizza va boldir jarohatlari

53.

Oshiq-boldir bo‘g‘imi va oyoq kafti sohasi jarohatlari

54.

Bosh suyagi, umurtqa va bel suyagining sinishi

55.

Bolalarning yuqumli kasalliklari

 

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid