Samolyotda uçiş barçaning ham salomatlik körsatkiçlari mos kelavermaydi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) salomatligi tufayli havo layneri bortiga çiqişi tavsiya etilmaydigan yölovçilar röyxatini e’lon qildi.
«Aviakompaniyalar oğir ahvoldagi yoki parvoz çoğida soğliği yomonlaşişi mumkin bölgan ba’zi yölovçilarni samolyotga çiqarişdan boş tortiş huquqiga ega», deyiladi JSST hujjatida.
Ular quyidagilar:
- tuğilganiga 48 soat tölmagan (yoki muddatidan avval dunyoga kelgan) çaqaloqlar;
- homiladorlikning 36-haftasi yoki undan ortiq davrida bölgan ayollar (köp homiladorlik uçun bu körsatkiç 32 haftaga teng);
- stenokardiya va kökrak qafasidagi oğriq, yuqumli kasalliklar, yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga çalinganlar;
- yaqinda infarkt yoki insultni boşdan keçirganlar;
- tanada havo yoki gaz töplanişi mumkin bölgan jarohatlari bor va yaqinda oşqozon, içak, köz, yuz yoki boş miya operatsiyalarini ötkazganlar;
- nafas oliş tizimi bilan boğliq ötkir va uzoq muddatli xastaliklardan aziyat çekuvçilar;
- pnevmoniya taşxisi qöyilganlar;
- tinç holatda nafas qisişi xuruj qiluvçilar;
- öroqsimon hujayrali anemiyaga çalinganlar;
- pnevmotoraks (öpka teşilişi) aniqlanganlar;
- quloq infeksiyasi bor bemorlar;
- dekompressiya kasalligi bilan oğriganlar;
- boş miyada bosim oşişidan (qon ketişi, jarohatlar yoki infeksiya tufayli) qiynaladigan kişilar.
Ekspertlarning qöşimça qilişiça, bu röyxat turli aviakompaniyalar talablari asosida biroz farqlanişi ham mumkin.
















