Mazkur model Delphi-2M deb ataladi. Uning asosi ChatGPT kabi maşhur sun’iy intellekt çatbotlarida qöllanadigan texnologiyaga öxşaydi.
Delphi-2M anonim tibbiy yozuvlar asosida öqitilgan. U bemor ma’lumotlarini körib çiqadi va kelajakda qaysi kasallik paydo bölişi mumkinligini oldindan aytadi. Xuddi ob-havo prognozida “ertaga yomğir yoğadi” deyilganidek, bu dastur ham “falon kasallik çiqişi ehtimoli bor” deb ogohlantiradi.
Model qanday işlab çiqildi?
Delphi-2M’ga dastlab Buyuk Britaniyadagi UK Biobank loyihasining 400 mingdan ortiq iştirokçilaridan yiğilgan ma’lumotlar kiritildi. Bular orasida şifoxona yozuvlari, şifokor qaydlari va bemorlarning odatlari (masalan, çekiş) bor.
Keyin bu dastur Daniyada sinab körildi. U yerda 1,9 million odamning ma’lumotlari tekşirildi va natijalar töğri çiqdi. Masalan, dastur “10 foiz xavf bor” desa, amalda ham şunday böldi. Dastur köproq diabet, yurak xuruji va sepsis kabi kasalliklarni yaxşi aniqlaydi. Lekin tasodifiy infeksiyalarni aniq aytib bera olmaydi.
U tibbiyotda nimani özgartiradi?
Sun’iy intellektning bu modeli kelajakda bemorda qaysi kasallik paydo bölişi mumkinligini oldindan körsatadi. Şunda şifokor tanada kasallik paydo bölmasidan avval dori yozib berişi yoki bemorga hayot tarzini özgartirişni tavsiya qilişi mumkin. Masalan, jigar kasalligiga çaliniş ehtimoli mavjud bölgan odamga spirtli içimlikni çeklaş talabi qöyiladi.
Uşbu texnologiya nafaqat kasalliklarning erta oldini oliş uçun foydali, balki qayerda qança bemor bölişini avvaldan hisoblab, statistik tahlillarni ham çiqarişda asqatadi. Masalan, 2030 yilda bir şaharda neçta yurak xuruji bölişini aytadi. Mazkur ma’lumotlar asosida şifoxonalar siğimi va bemorlarni qabul qiliş salohiyati avvaldan hozirlanadi.
Tadqiqotçilar nima deydi?
“Bu inson salomatligi va kasalliklarning qanday rivojlanişini tuşunişda yangi davr boşlanişi

















