Jahon | 01:13 / 12.05.2017
3816
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri britaniyaliklarning savollariga jonli efirda javob beradi

Foto: WENN

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Facebook Live doirasida saylovchilar bilan savol-javob tarzidagi ilk jonli efirini o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda iTV News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu tadbir 15 may kuni bo‘lib o‘tadi va iTV telekanali efirida namoyish qilinadi. Meyning savollarga javob berishiga 45 daqiqa ajratildi.

Bunday jonli efirda keyinroq boshqa siyosatchilar – Jyeremi Korbin (Leyboristik partiya va muxolifat yetakchisi), Nikola Sterjyen (Shotlandiyaning birinchi vaziri), Tim Farron (Buyuk Britaniya parlamenti a'zosi), Pol Nattoll (Birlashgan qirollik mustaqilligi partiyasi yetakchisi), Liann Vud (Uels partiyasi yetakchisi) va Kerolayn Lukas (Angliya va Uels yashillar partiyasi yetakchisi) ham ishtirok etadilar.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya parlamenti muddatdan avval parlament saylovlari o‘tkazilishi oldidan 3 may kuni tarqatib yuborildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid