Jahon | 19:18 / 12.05.2017
28271
2 daqiqa o‘qiladi

Ermatovdan Peterburg metrosidagi kabi bomba topilgan, u ayblovlarni inkor qilmoqda

Foto: © RIA Novosti

Markaziy osiyolik Muhammadyusup Ermatovdan Sankt-Peterburg metrosida qo‘llangan portlovchi qurilma kabi bomba topilgan. Bu haqda Moskva sudiga asoslanib RIA Novosti xabar tarqatdi.

"Gumonlanuvchining akasi aytishicha, u portlovchi qurilmani olib kelgan, lekin qurilmani Jalilovdan olgan", deya ma'lumot bergan tergovchi.

Advokatning tasdiqlashicha, portlovchi qurilma o‘z himoyasi ostidagi shaxs yashagan kvartiradan topilgan.

"Ammo u bu kvartirani boshqa bir oila bilan birgalikda ijaraga olgan. Uyga bombani aynan u keltirganiga dalil yo‘q", degan oqlovchi.

Sud Ermatovni 10 iyun kuniga qadar hibsga olgan. Uning o‘zi portlashga aloqadorligini inkor etmoqda.

Ermatov 11 may kuni Moskvada portlovchi moddani noqonuniy saqlashda ayblanib qo‘lga olingandi. U Qirg‘izistonda tug‘ilgan, Sankt-Peterburgda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan holda yashagan. Ayni vaqtda u "Terrorizm" va "Noqonuniy ravishda qurol saqlash" moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Peterburg metrosining «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari oralig‘idagi portlash 3 aprel kuni yuz bergan edi. Hodisa oqibatida 16 kishi, jumladan, terrorchi-xudkush Akbarjon Jalilov ham halok bo‘lgan, 50 ga yaqin kishi tan jarohati olgan. Portlash ishi bo‘yicha hozirgacha 10 kishi hibsga olingandi.

Mavzuga oid