Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Osiyo davlatlariga energetik halqa tashkil etishni taklif qiladi
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin Pekindagi "Bir makon, bir yo‘l" forumi doirasida uning ishtirokchilariga Osiyo energetik halqasi loyihasiga kirishni taklif qiladi.
Ma'lum qilinishicha, bu masala forumning ikkinchi kuni, 15 mayda bo‘lib o‘tadigan davra suhbatida ko‘rib chiqiladi.
"Ushbu tashabbus 2016 yil Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining energetika sohasida o‘zaro aloqadorligini oshirish maqsadida bildirilgan. Hamkorlarga noyob qo‘shma loyihani, ya'ni Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va ehtimol, boshqa davlatlar energiya tizimlarini birlashtirishi mumkin bo‘lgan Osiyo energetik halqasini yaratishni amalga oshirish taklif qilinadi", deb aytdi Ushakov.
Ushakovning aytishicha, "Birgalikda rivojlanish uchun o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirish" mavzusidagi davra suhbati doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026