Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4 yoshli bolani ming dollarga sotishning oldi olindi
Toshkent shahrida o‘z farzandini qo‘llamoqchi bo‘lgan ona va uning vositachisining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Yakkasaroy tumani ichki ishlar xodimlari 4 yoshli farzandini pullayotgan ona hamda unga bu niyatini amalga oshirishda bevosita yordam bergan va xaridor topib bergan vositachi ayolni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda boshliq o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toshkentlik fuqaro qashqadaryolik ayolga farzandini sotish yo‘li bilan pul ishlashni taklif qilgan. Bunda, vositachi dastlab bolani 2 ming AQSh dollariga sotishga uringan. Biroq, savdolashish chog‘ida uning narxi 1 ming dollargacha tushirilgan. IIBBga kelib tushgan xabar asosida ko‘rilgan tezkor tadbir natijasida ikki ayol ham voqea joyida ushlangan. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 135-moddasi, 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda bola Toshkent shahar IIBB qoshidagi reabilitatsiya markazida bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
22:00 / 23.04.2026
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12 / 23.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi gastronomik turizm ko‘chasi faoliyati bilan tanishdi
17:48 / 23.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning hokim bo‘lib ishlagan davrdagi xizmat kabineti va xizmat avtomobili ko‘rsatildi
15:07 / 23.04.2026