Tojikistondagi eng xavfli ko‘l yonida zilzila yuz berdi
Tojikistondagi Sarez ko‘lidan 23 kilometr sharqda bugun, 12 may kuni, mahalliy vaqt bilan soat 07:48 da zilzila yuz berdi. Bu haqda Tojikiston fuqaro mudofaasi bo‘yicha qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Epimarkazda yer osti silkinishlari kuchi 4 ballni, ko‘lning o‘zida esa – 3 ballni tashkil etgan. Mahkamadan ta'kidlashlaricha, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q.
Biroq shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Sarez ko‘li kuchli zilzila natijasida paydo bo‘lgan. Tog‘ jinslari Murg‘ob daryosida 567 metr balandlikda tabiiy to‘g‘onni paydo qilishgan. Bugungi kunda ko‘ldagi suv hajmi 17 kilometr kub sifatida baholanadi, ko‘l uzunligi – 70 km., maksimal o‘lchangan chuqurlik – taxminan 500 metr.
Ekspertlar ko‘lni “uxlayotgan ajdar” deb atashadi va undan kelishi mumkin ehtimoliy tahdid haqida ogohlantirishadi. To‘g‘on yorilib ketsa Bartanga, Panj va Amudaryo oqimi bo‘ylab aholi punktlaridan sel kabi o‘tadi. Xavf hududida Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Afg‘oniston qoladi. Ba'zi taxminlarga ko‘ra, fojia sabab 600 ming kishi halok bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024