Sport | 10:33 / 12.05.2017
32694
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbek Tigers va Cuba Domadores. Juftliklar ma'lum

13 may kuni Samarqand shahridagi «Mo‘'jiza» amfiteatrida Uzbek Tigers jamoasi Butunjahon Boks seriyasi (WSB) doirasidagi chorak final bosqichining ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschilar amaldagi chempionlar - Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jamoa murabbiylari mazkur bahsga kuchli tarkibni tanlashgan. O‘z o‘rnida kubaliklar ham O‘zbekistonga asosiy tarkib bilan yetib kelgan.

Juftliklar:
49 kg: Hasanboy Do‘smatov - Joxanus Argilagos
56 kg: Murodjon Ahmadaliyev - Xaver Ibanes
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz
75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon

Bugun bokschilarni tarozidan o‘tkazish marosimi hamda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. Jamoalarning javob uchrashuvi 20 may kuni Havana shahrida o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid