O‘zbekiston | 15:56 / 12.05.2017
9143
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Rossiya: Meva-sabzavot mahsuloti eksporti sohasidagi hamkorlik

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga joriy yilning aprelida amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida, 2017 yilning 9-10 may kunlari “Uzglobaltreyd” Savdo uyi vakillari “O‘zagroeksport” AJ ko‘magida Farg‘ona vodiysiga tashrif buyurdi. Ular bu yerda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsuloti bilan yaqin tanishishni maqsad qilishgan.

Xususan, ular Andijon va Namangan viloyatlaridagi fermerlik xo‘jaliklari va tarqatish markazlari faoliyati bilan tanishishdi, shuningdek viloyatlar hokim o‘rinbosarlari bilan uchrashishdi. O‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra, avval imzolangan shartnomalar asosida meva va sabzavotlarni jiddiy hajmda yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 17 oktabr kuni Moskva shahrida «TD «Uzglobaltreyd» qo‘shma korxonasi ochildi. Savdo uyi «FUD SITI» yirik ulgurji oziq-ovqat mahsulotlari markazida joylashgan.

Mavzuga oid