Jahon | 07:49 / 12.05.2017
4955
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada inflyatsiya 4 oy ichida deyarli 100 foizga yetdi

AFP 2017 / Federico Parra

Venesuelada may boshiga kelib inflyatsiya 92,8 foizlik darajaga yetdi, bu ko‘rsatkich aprel ichida 16,5 foizni tashkil qilgan. Bu haqda 11 mayda mamlakat milliy assambleyasi o‘zining iste'molchilik narxlari indeksi haqidagi xabarida ma'lum qildi.

Parlamentning moliya komissiyasi bo‘yicha a'zosi Anxel Alvaradoning aytishicha, hozirda mamlakat bo‘ylab o‘tayotgan muxolifat namoyishlari iqtisodiy va ijtimoiy talablar ko‘rinishidagi asosga ega. "Yagona o‘sayotgan iqtisodiy ko‘rsatkich inflyatsiya bo‘lgan mamlakat yoshlar orasida norozilik uyg‘otmoqda va nochorlik ko‘rinishidagi kelajakdagi xavf oldida yoshlar o‘z hayotini xavfga qo‘yib, ularga tegishli bo‘lgan mamlakatni tiklash uchun ko‘chalarga chiqdi", deb aytgan Alvarado.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi Venesueladagi iqtisodiy tanazzul mamlakatni joriy yilda 720 foizlik, 2018 yilda 2068 foizlik inflyatsiyaga olib kelishini prognoz qilgandi.

Bu muammolar ortida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro eng kam ish haqining 1 maydan 60 foizga oshirilishini e'lon qilgandi.

Hozirda Venesueladagi vaziyat mahsulotlar taqchilligi, yuqori darajadagi inflyatsiya, mamlakat daromadlarining pasayishi va Maduro siyosatiga qarshi ommaviy noroziliklar sababli og‘ir ko‘rinishga kelgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid