Xitoy bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq vakillari Umumxitoy Majlisi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjan Detszyan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoyning o‘zaro hamda ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.
Sizning tashrifingiz Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni yuqori bosqichga ko‘tarishiga ishonamiz, dedi Chjan Detszyan.
Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonning eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biridir. Xitoylik ishbilarmon doiralar vakillari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etmoqda. Xitoy Raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvimizda bu aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldik. Imzolangan hujjatlar mamlakatlarimizning uzoq muddatli strategik sherikligini, o‘zaro hurmat va manfaatdorlikka asoslangan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024