Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Morataning «Chelsi»ga o‘tishi uchun yana bir ishora paydo bo‘ldi
«Real» hujumchisi Alvaro Morata mavsum yakunlangach, Angliyaning «Chelsi» klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Sportbible nashri 24 yoshli Ispaniya terma jamoasi futbolchisining so‘nggi vaqtlarda London jamoasi futbolchilarining instagramdagi sahifasiga obuna bo‘lishiga e'tibor qaratgan. Morata oxirgi marta ommaviy ravishda «Chelsi» futbolchilari, jumladan Eden Azar, Diyego Kosta, Villian, Tibo Kurtua va Fransesk Fabregasning sahifasiga obuna bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Morataning rafiqasi o‘zi uchun Angliya poytaxtidan uy sotib olgani haqida xabalar tarqalgandi. Futbolchiga «Chelsi»dan tashqari, «Manchester Yunayted» va «Arsenal» ham qiziqish bildirgan.
Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
14:28 / 09.01.2026
Televideniyedan murabbiylikka o‘tgan, Runiga yordamchilik qilgan – «Chelsi»dagi yangi «nouneym» haqida
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
18:30 / 01.01.2026