Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haddan ziyod ozodalik bolalarning immun tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi
Amerika olimlarining ta'kidlashicha, haddan ziyod ozodalik bolalar salomatligiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, agar bola erta bolaligidanoq ba'zi bakteriyalar yoki organizmlarga duch kelsa, uning immun tizimi chang-kirlarga bo‘lgan reaksiyasini mustaqil nazorat qilishni o‘rganadi. "Ortadoks" tibbiy portalida shu haqida ma'lumot berildi.
Chikago Universitetidagi Mikrobioma Markazi rahbari Jyek Gilbert bugungi kunda ota-onalar farzandlariga haddan ziyod g‘amxo‘rlik qilib, ularga "gard yuqtirmaslikka harakat qilishlari", bu esa ularning salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishiga e'tibor qaratdi.
Olimlarning ta'kidlashicha, ozodalikning ijobiy jihatlari ko‘p, albatta, biroq unga erishish yo‘lidagi ortiqcha xatti-harakatlar bolalarga salbiy ta'sir qiladi. Buning isboti sifatida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda jonivorlar bilan deyarli muloqotda bo‘lmagan yoki bolalik davrida loy-qumli joylarda o‘ynamagan bolalar orasida ekzema, gul changiga allergiya, astma va qandli diabet holatlari ko‘paygan.
Mavzuga oid
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
09:43 / 29.11.2025
O‘zbekistonlik olimlar yoqilg‘isiz “yashil issiqxona” texnologiyasini yaratdi
18:13 / 28.08.2025
Jizzaxda ota farzandlariga zo‘ravonlik qildi
15:46 / 19.08.2025