Sport | 12:46 / 14.05.2017
6361
1 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning soliqlar bilan bog‘liq mojarosi sudga qadar yetib bormasligi mumkin

Foto: Sky Sports

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani bo‘yicha mojarosi suddan qutulib qolishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri Ispaniya Moliya vaziriligidagi manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

32 yoshli portugaliyalik futbolchiga nisbatan tergov ishlari 2015 yilning dekabrida boshlangandi. Ammo prokuror 30 iyunga qadar surishtiruvni davom etishi uchun aniq dalil topmasa Ronalduga qo‘yilgan barcha ayblar olib tashlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Football Leaks va El Mundo nashrlari oldinroq, Ronaldu ofshor kompaniyalari orqali o‘zining reklamadan ko‘rgan 150 million yevro daromadini soliqlardan yashirgani haqida xabar tarqatgandi. Shuncha pul topgan futbolchi atigi 5,6 million soliq to‘lagan. Bu 4%dan ham kamroq degani.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid