Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshbaqa sho‘rva va qurbaqali ragu - Jakarta ekzotikasi
Foto: Anadolu
Indoneziyaning qoq markazida sudralib yuruvchilar bilan savdo qilinuvchi bozor joylashgan. "Anadolu" agentligi shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Bozor Jakartaning xitoyliklar dahasida joylashgan. Bu yerda istagan odam toshbaqalar, qurbaqalar, shilliqurtlar va ilonlarni xarid qilishi mumkin.
Qoidaga ko‘ra, bozor mahsulotlarini asosan xitoyliklar xarid qilishadi, zero ular qurbaqali ragular va toshbaqa sho‘rvalarni sevib iste'mol qilishadi.
Xitoyliklardan tashqari, bunday taomlarni yoqtiruvchi indoneziyaliklar ham bozorga tez-tez kelib turishadi.
Menyusida Xitoy taomlari bo‘lgan restoran va qahvaxonalar xodimlari ham bu bozordagi sudralib yuruvchilarni xarid qilishadi.
Xitoyliklar sudralib yuruvchilar go‘shti sog‘liq uchun foydali ekaniga ishonishadi. Ularning fikricha, ilon qoni allergiyani davolaydi, qurbaqalar go‘shti esa jigar kasalliklari uchun ayni muddao.
Olti kilogramm vaznga ega toshbaqa bozorda 5 dollarga sotilmoqda, ilon esa - 3 dollar atrofida.
Ta'kidlash joizki, Indoneziya aholisining 4 foizga yaqini xitoyliklardan iborat.
Mavzuga oid
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
16:12 / 06.04.2026
Toshkentda bozor qorovullari itlar ustiga mashina haydadi
08:53 / 03.04.2026
80 mln so‘m talab qilgan bozor rahbari ushlandi
11:37 / 13.03.2026