Jahon | 00:14 / 14.05.2017
5970
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi avtohalokat qurbonlari soni 23 nafarga yetdi

Foto: ntv.com.tr

Turkiyaning janubidagi Marmaris shahri yaqinida sayyohlar avtobusi bilan yuz bergan avtohalokatda halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda NTV Turk.

Mug‘la viloyati gubernatori Amir Chechakning aytishicha, shifoxonalarda avtohalokatda jarohat olgan 8 kishi qolmoqda.

Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, avtohalokat qurbonlari orasida xorijliklar yo‘q.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid