Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku-2017. Tennischi qizlar finalda yutqazib, kumush bilan kifoyalanishdi
Boku mezbonlik qilayotgan «Islom birdamlik o‘yinlari»da tennis bo‘yicha finalga chiqqan O‘zbekiston vakillari Turkiya vakillariga qarshi o‘ynadi.
Jamoaning birinchi vakili Sabina Sharipova Eraydin Bashakka 4:6, 4:6 hisobida yutqazdi, Kamola Umarova esa Aksu Aylaga 1:6, 0:6 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, juftliklar o‘rtasidagi bahsni o‘tkazishga hojat qolmadi. Bu ishtirok uchun O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir kumush medal berildi.
Oldinda bu tennischilarni yakkalik bahslari kutmoqda.
Delegatsiya hisobida endilikda 6ta oltin, 5ta kumush va 13ta bronza medali bor.

Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
18:11 / 22.03.2026
Bokuda XV asrga oid “Buxoro karvonsaroyi” restavratsiyadan so‘ng ochildi
13:41 / 17.03.2026
Bokuda fransiyalik shaxs josuslik aybi bilan 10 yilga hukm qilindi
18:47 / 13.11.2025