Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In: Shimoliy Koreya yangi raketa sinovlarini o‘tkazaveradi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In raketa sohasida faoliyat yurituvchi olimlar va texnologlarga "yangi sinovlarga tayyor turishni" buyurdi. 15 may kuni Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilishicha, Kim Chen In bu haqda 14 may kuni yangi turdagi, o‘rta masofalarga mo‘ljallangan "Xvanson-12" ballistik raketa sinovi o‘tkazilgandan keyin aytdi. Raketa 787 km uchib o‘tgan.
"Yanada aniqroq va kuchliroq yadroviy qurilmalar va zarba beruvchi vositalar yaratish, AQSh va uning vassallari to‘g‘ri qaror qabul qilmaguncha davom etadigan yangi sinovlarga tayyor turish zarur", deb aytdi Shimoliy Koreya yetakchisi. U Shimoliy Koreyani "bostirib turuvchi kuchli harbiy salohiyatga ega yadroviy davlat" deb atab, "agar AQSh xalq respublikasiga nisbatan harbiy fitna uyushtirishga botina olsa, Pxenyan javob berishga tayyorligini" bildirib qo‘ydi.
Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilishicha, 14 may kuni o‘tkazilgan ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tgan. Raketa uchirilishi qo‘shni davlatlar xavfsizligi hisobga olingan holda amalga oshirilgan. Sinov "yirikroq yadroviy jangovar kallakka mo‘ljallangan yangi turdagi ballistik raketaning taktik va texnologik ko‘rsatkichlarini baholash uchun" o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
16:04 / 12.01.2026