Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: «Bir makon, bir yo‘l» sabab jahon iqtisodiyoti barqarorlashadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan matbuot anjumanida bayonot berishicha, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi AQShdagi ichki siyosiy kurash va Brexit jarayonini boshidan kechirayotgan jahon iqtisodiyotiga barqarorlik ulashadi.
«Yirik siyosiy va iqtisodiy markazlarda noaniqlik tobora o‘sib borayotgani, masalan, aytaylik, Qo‘shma Shtatlarda ichki siyosiy kurash davom etayapti, nafaqat siyosat, balki iqtisodiyotda ham ma'lum bir asabiylashishga sabab bo‘lmoqda», — degan Putin.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa hamjamiyati Brexit jarayoni «qanday o‘tishi, natijalar qanday bo‘lishi»ni tashvish bilan kuzatib turibdi. Shunga ko‘ra, Putinning fikricha, «qandaydir barqarorlikka umid uyg‘otuvchi ishoralarga talab bor».
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026