Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin kiberhujumlarni AQSh maxsus xizmatlari bilan bog‘ladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Rossiya “tovlamachi-virus” kiberhujumi natijasida jiddiy zarar ko‘rmadi hamda Moskvaning ro‘y bergan hodisaga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda Gazeta.ru xabar bergan.
“Biz uchun zarar juda katta bo‘lmadi. Bank, sog‘liqni saqlash, boshqa sohalar uchun”, - dedi davlat rahbari kiberhujum Rossiyaga qanchalik talofot keltirdi, degan savolga javob berarkan.
Putinning ta'kidlashicha, kibermakonda bunday hujumlar ro‘y beradigan vaziyat “juda xavotirli, tashvishga sabab bo‘luvchidir”.
“Microsoft rahbariyati bu hujumning birlamchi manbasi Qo‘shma Shtatlar maxsus xizmatlari ekanini aytdi, Rossiyaning bunga aloqasi yo‘q”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat haqida “har doim aybdorlarni, ular bo‘lmagan joydan qidirishadi”, deyish mumkin ekan.
“Butilkadan chiqariluvchi shunday jinlar, hattoki o‘z mualliflari va yaratuvchilariga ham zarar keltirishga qodir”, - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, 2016 yilda Rossiya amerikalik sheriklarga kiberxavfsizlik bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni taklif qilgan, biroq yakunda hech narsa qilinmadi. Shu bilan birga, Putinning bunday hujumlardan himoya tizimini ishlab chiqish lozimligiga ishonchi komil.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026